Toshkentda niqoblangan holda daraxt kesgan shaxslar qamaldi

19:45 21 May 2024 Jamiyat
319 0

Joriy yilning 15-aprel kuni (16-aprelga oʻtar kechasi) Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida nomaʼlum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami boʻlmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qoʻporib tashlagan shaxslarga nisbatan tegishli chora koʻrildi. Bu haqda poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, sud qaroriga koʻra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming soʻm jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va 17 million soʻm jarima belgilangan.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 million 880 ming soʻm undirib olingan.

Tag qismi bilan olib tashlangan safora tegishli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya boʻlimi masʼullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda ishlov berilib, biologik oʻgʻitlar bilan toʻyintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda oʻz oʻrniga qayta ekilgan

Foto: Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер