Toshkentda “Monza” va “Nexia-1” ishtirokida YTH sodir boʻldi

16:21 29 May 2024 Jamiyat
176 0

Foto: Videodan kadr

Kecha, 28-may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 23:10 da tumanning Doʻrmon yoʻli koʻchasida 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Monza” va 48 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Nexia-1” toʻqnashgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi jarohat olgan.

“Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi YHXB xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер