Toshkentda metro tekinga yuradigan kun qanday oʻtadi?

Poytaxtimiz ilk marta har yili 16-22-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa Harakatlanish Haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylangani haqida xabar bergan edik. Uning doirasida bepul metro va avtomobilsiz kunlar oʻtkaziladi.
Bundan koʻzlangan maqsad toza va barqaror shahar transporti vositasida ekologiya, sogʻlom va sifatli turmush tarzini ilgari surishdir.
Kecha ushbu haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim “Turkiston” yangi metro stansiyasi(Yunusobod yoʻli) qurilish maydonida tashkil etilgani ham ramziy maʼno kasb etdi.
Ushbu oʻziga xos forum “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Toshkent Metropoliteni” UK tomonidan Toshkent aholisi hamda mehmonlari oʻrtasida transportning muqobil turini ommalashtirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Mazkur kampaniya doirasida 19-sentyabr Toshkentda Bepul metro kuni deb eʼlon qilingan. Xoʻsh, bu sana qanday rang-baranglik kasb etadi?
Tashkilotchilarning aytishlaricha, shu kuni qator metro bekatlari musiqachilar, aktyorlar chiqishlari va boshqa koʻngilochar dasturlar uchun sahnaga aylanadi. Soat ertalabki 08:00da “Oybek”(“Mingoʻrik” stansiyasiga oʻtish joyida) yoʻlovchilar teatrlashtirilgan musiqiy chiqishlarni tomosha qilishlari mumkin. Dirijyor boshchiligidagi simfonik orkestr ijodidan esa 17:00dan 19:00gacha bahramand boʻlish imkoniyati yaratiladi.
“Amir Temur” stansiyasidan “Yunus Rajabiy” bekatiga oʻtish yerosti yoʻlida sanʼatshunoslar hamrohligida rasmlar galereyasi ochiladi. Kamera torli cholgʻu kvarteti kuy chalib turadi. Bunday estetik manzara to metro yopilguncha davom etadi.
“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga oʻtish vestibyulida esa yoʻlovchilarni tarixiy fotokoʻrgazma kutib oladi. U Toshkent metropoliteni tarixiga bagʻishlangan.
Soat 10:00dan 12:00gacha, 20:00dan 22:00gacha noodatiy fleshmoblar tashkil etiladi. Xususan, barcha liniyalardagi metro vagonlarida “Raqs fleshmobi” tashkil etiladi. Raqs jamoalari vagondan vagonga oʻtib yurishadi. Xohlaganlar ularga qoʻshilishlari mumkin. Xuddi shu kabi musiqali fleshmoblar ham boʻlib oʻtadi.
Kichik yoshli yoʻlovchilar ham eʼtibordan chetda qolmagan. Ular uchun superqahramonlar va multfilm personajlari libosidagi animatorlar, sehrgarlar tomoshalar qoʻyib beradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring