Toshkentda “Matiz” va “Spark” toʻqnashuvi oqibatida bir kishi halok boʻldi
Foto: poytaxt YHXB
Toshkent shahri “Spark” va “Matiz” avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, holat kecha, 10-oktyabr kuni soat 23:30 atrofida Olmazor tumani Nurafshon koʻchasida sodir boʻlgan.
20 yoshli I.T. “Matiz” avtomashinasida ketayotib rul boshqaruvini yoʻqotgan. Soʻngra yoʻl ajratuvchi beton toʻsiqqa urilib, 40 yoshli B.Q. boshqaruvidagi “Spark” avtomobili bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Spark” haydovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. “Spark” ichida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchiga hamda “Matiz” haydovchisiga birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring