Toshkentda Matiz urib yuborishi oqibatida 65 yoshli fuqaro vafot etdi

10:10 23 Iyul 2021 Jamiyat
383 0

Toshkent shahar Yashnobod tumanida Matiz piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Qayd etilishicha, 2021-yil 22-iyul kuni taxminan soat 00:30 da Yashnobod tumani Qorasuv koʻchasida 1999-yilda tugʻilgan H.L. ishonchnoma asosida Matiz (davlat raqami 01 L 697 CB) rusumli avtomobilni boshqarish davomida yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtmoqchi boʻlgan piyoda – 1956-yilda tugʻilgan Sh.B.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.

Mazkur holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport boshqarish qoidalarini buzish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?