Toshkentda “Matiz” 83 yoshli piyodani urib yubordi

08:03 06 Noyabr 2024 Jamiyat
123 0

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Matiz” haydovchisi “peshexod”dan oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha,hodisa kecha, 5-noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Osiyo koʻchasida sodir boʻlgan.

2000-yilda tugʻilgan B.N. “Matiz” mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 1941-yilda tugʻilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.

Yoʻl-transport hodisasi oqibatida 83 yoshli piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер