Toshkentda mashina oynasidan chiqindi uloqtirgan ayol jarimaga tortildi

21:42 04 Dekabr 2021 Jamiyat
859 0

Toshkentda mashina oynasidan chiqindini uloqtirgan ayolga nisbatan chora koʻrildi. 

Davlat ekologiya qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan avtomobil oynasidan chiqindini uloqtirgan 41 yoshli ayolga nisbatan tegishli choralar koʻrildi. Ayolga 123-modda (Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni uloqtirish) bilan 0,5 BHM (135 ming soʻm) miqdorida jarima solindi.

Ekologiya davlat qoʻmitasi, shuningdek, axlatni moʻljallanmagan joylarga tashlash javobgarlikka tortish va 270 ming soʻmdan 810 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻlishini eslatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?