Toshkentda “Markaziy Osiyo va Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

15:16 15 Aprel 2024 Siyosat
623 0

Joriy yilning 15-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo va Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Oʻmon va Ozarbayjon (faxriy mehmon) delegatsiyalari ishtirok etdi.

Yigʻilishda davlatlar oʻrtasida siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu sammit doirasida Oʻzbekiston prezidenti tomonidan olgʻa surilgan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashabbuslar, xususan Doʻstlik, mintaqalararo bogʻliqlik va hamkorlik bitimini qabul qilish taklifi dolzarb va muhim ekanligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, vazirlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar, xususan Afgʻoniston, Yaqin Sharqdagi vaziyat, Falastin—Isroil mojarosi va boshqa bir qator mavzular boʻyicha atroflicha fikr almashdilar.

Yigʻilish yakuni boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер