Toshkentda LADA haydovchisi velosipeddagi erkakni urib yubordi

16:05 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
396 0

Toshkentda LADA haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotga koʻra, 5-oktabr kuni soat 21:00 atrofida Yashnobod viloyatining Jarqoʻrgʻon koʻchasida 1998-yilda tugʻilgan yigit ishonchnoma asosida “LADA 11184” rusumli avtomashinani boshqarib, kutilmaganda velosipedchini urib yuborgan.

Toʻqnashuv oqibatida velosiped haydab ketayotgan 1985-yilda tugʻilgan erkak tanasidagi ogʻir jarohatlar tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?