Toshkentda “Lacetti” “Spark” bilan toʻqnashib, agʻdarilib ketdi 

12:02 02 Dekabr 2021 Jamiyat
383 0

Toshkentda “Lacetti” va “Spark” avtomashinalari ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1-dekabr kuni soat 20:50 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shoh koʻchasida, Hamid Olimjon metro bekati yaqinida haydovchisi 2000-yilda tugʻilgan “Lacetti” 1998-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Spark” bilan toʻqnashib ketgan. 

Toʻqnashuv oqibatida “Lacetti” avtomobili agʻdarilib ketgan. Qurbonlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?