Toshkentda Lacetti haydovchisi qizil chiroqda toʻxtab turgan yuk avtomobiliga urilishi oqibatida vafot etdi

YTH 10-iyun kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Doʻmbirobod koʻchalari kesishgan chorrahada sodir boʻlgan, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, haydovchi, F.E. ( 1983-y. t.) Lacetti avtomobilini boshqarayotib oʻzidan oldinda, svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan haydovchi, A.T. (1976-y.t) boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.
Oqibatda Lacetti avtomobili haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring