Toshkentda “kuryer” ichida 50 ming dollar boʻlgan seyfni oʻgʻirlab ketdi (+video)

17:52 08 Aprel 2026 Jamiyat
478 0

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “kuryer” ofisdan ichida 50 ming AQSH dollar miqdoridagi mablagʻ boʻlgan seyfni oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaat asosida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan ushbu jinoyatda gumonlanganlarni aniqlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan.

Natijada 1988 hamda 2000-yillarda tugʻilgan shaxslar, shuningdek, MCHJda haydovchi lavozimida ishlovchi fuqaro qoʻlga olingan. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur jinoyat sodir etilishi va pullarning oʻgʻirlanishida MCHJda haydovchi boʻlib ishlagan shaxs ham yordam bergan.

Bildirilishicha, ofisga pulni oʻgʻirlashga kelgan shaxsga samokat, buyurtma yetkazuvchilar sumkasi va shlem kaskani aynan haydovchi boʻlib ishlagan shaxs bergan. “Kuryer” esa tunda Yunusobod tumanida joylashgan ofisga kelib yertoʻlada ichida 50 ming AQSH dollar puli boʻlgan seyfni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?