Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

13:34 20 Avgust 2022 Jamiyat
331 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. oʻzining tanishi “E.F.” MCHJ dorixonasi farmatsevti G.I.dan 14 dona «Regopen» va 1 dona «Tropikamid» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 590 ming soʻmga olib, fuqaro A.ga 760 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 150 dona «Regopen» va 11 dona «Tropikamid» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?