Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:46 19 Avgust 2022 Jamiyat
215 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan Toshkent shahar IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Barkamol” MFY yashovchi fuqaro M.R. oʻz xonadonida 198 dona “Regapen” va 6 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda 1,8 kg “Mefedron” nomli kristal-kukunsimon moddasini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?