Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:31 17 Avgust 2022 Jamiyat
170 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Bektemir” YPX maskanida fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida fuqaro I.X. (muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan) va D.D.lar 56 dona “Regapen” va 16 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?