Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

14:59 26 May 2023 Jamiyat
306 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. 84 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.M.ga 3,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan oʻtkazish maqsadida olib kelingan 738 dona “Regapen”, 176 dona “Selofen” va 16 dona “Tropikamid” nolmi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. 45 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.A.ga 5 mln soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?