Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:22 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
298 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.M.ning boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, 66 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.E. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida fuqaro D.Sh. 48 dona qizil va oq rangli kuchli taʼsir qiluvchi kapsula shaklidagi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. “Mangulik” koʻchasida 48 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?