Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament, Davlat soliq xizmati va Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida mahalliy dorixonada oʻtkazilgan tezkor tadbirda kuchli taʼsir koʻrsatadigan dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi, deb xabar beradi OʻzA.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan “Tropikamid”, “Selofen” va “Zardeks” dori vositalarini sotish vaqtida qoʻlga olingan. Shuningdek, 92 dona kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, oʻtkazilgan tezkor tadbirda qiymati 300 ming soʻm boʻlgan “Regapen” dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan uch nafar sotuvchi qoʻlga olindi.
Dorixonadan “Karbamazepin”, “Tebantin”, “Zardeks”, “Karbaleks”, “Regapen” giyohvandlik vositalari tegishli hujjatlarsiz ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring