Toshkentda kommunal toʻlovlar uchun undirilgan pullarni oʻzlashtirgan shirkat rahbari aniqlandi

17:09 09 Avgust 2022 Jamiyat
337 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.B.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari B.X. xonadon egalaridan kommunal toʻlovlari uchun undirilgan jami 350,6 mln soʻmni bank kassasiga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?