Toshkentda kommunal toʻlovlar uchun undirilgan pullarni oʻzlashtirgan shirkat aniqlandi

06:16 05 Avgust 2022 Jamiyat
307 0

Foto: Arxiv surat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal toʻlovlari uchun undirilgan jami 233,6 mln soʻmni bank kassasiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?