Toshkentda «Kleksan» dori vositasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

14:25 14 Avgust 2021 Jamiyat
488 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “X.F.» MCHJ rahbari J.M. fuqaro V.S. va boshqalar Davlat bojxona qoʻmitasining yuk xatiga asosan MCHJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan 3 649 dona «Kleksan» nomli dori vositalarini omborxonadan olib chiqib, noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?