Toshkentda “Yoga festivali” oʻtkazildi
21-iyun — Xalqaro yoga kuni. Shu munosabat bilan kecha poytaxtimizda “Yoga festivali” tashkil etildi.
Dastlab sana munosabati bilan A.Navoiy nomli opera va balet teatri oldida festivalning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Turizm va sport vazirligi, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Hindiston madaniyat markazi hamda Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ertalab soat 07:00da oʻtkazilgan marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Toshkent shahar hokimi, Oʻzbekiston yoga federatsiyasi raisi J.Ortiqxoʻjayev, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi R.Shoabduraxmonov, Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Manish Prabxat, Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston markazi direktori, professor Chander Shekxar, Yoga ustozi Prasobx Nanu va boshqa rasmiy shaxslar qatnashdi. Ushbu tadbir qariyb 300 nafar kishini qamrab oldi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov soʻnggi yillarda yurtimizda sportga berilayotgan eʼtibor, aholining salomatligini mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilayotgan keng islohotlarga toʻxtalib oʻtarkan, bu jarayonda yoga mashqlari muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Bu yerda yoga ixlosmandlari uchun maxsus gilamlar toʻshalgan boʻlib, ularga yoga ustozi Prasobx Nanu maxsus mashqlarni koʻrsatib berdi va birgalikda bajardi.
Yoga festivalining asosiy tadbirlari poytaxtimizdagi Eko-parkda davom ettirildi. Bu yerda tashkil etilgan tadbirga ming nafarga yaqin yurtdoshimiz ishtirok etdi. Shulardan yoga mashgʻulotlariga 150 nafar kishi qatnashdi.
Sardor Mullajonova (“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring