Toshkentda Italiyaning Piza universitetining filiali ochiladi

01:04 30 Iyul 2021 Jamiyat
783 0

Oʻzbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. Prezident geologiya sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga toʻxtaldi.

“Rangli metallarni qayta ishlash zanjirlarini «xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida rivojlantirishimiz zarur.

Ushbu yoʻnalishda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, yaʼni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoatining integratsiyalashuvi, xususiy sektor bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi.

Shu maqsadda tegishli ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari tashkil etiladi. Bu borada qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng jalb etamiz.

Barcha darajadagi kadrlar – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, mashinistlar va boshqa texnik xodimlarni tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bogʻlangan, yagona tizimni yaratishimiz lozim.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, mis ishlab chiqarishda bitta ish oʻrnini tashkil etish boshqa tarmoqlarda eng kamida uchtadan ish oʻrnini yaratishga olib keladi.

Ushbu yoʻnalishdagi birinchi qadam sifatida biz rossiyalik sheriklarimiz bilan birgalikda Olmaliq shahrida “MISiS” milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti filialini tashkil etdik. Bundan tashqari, mamlakatimizda Geologiya fanlari universiteti ham tashkil etildi. U geologiya sohasidagi 5 ta ilmiy-tadqiqot markazini oʻz ichiga oladi.

Universitet bazasida Moskva davlat universiteti bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda. Kuni kecha Toshkentda geologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha Italiyaning Piza universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi.

Bir soʻz bilan aytganda, sanoat klasterlarining tashkil etilishi ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmini kamida 12 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?