Toshkentda inson ongiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosining oldi olindi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “D.G.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi A.Oʻ. fuqaro Q.M.ga xorijda ishlab chiqarilgan 50 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud “Omnadren 250” nomli dori vositasini 3,2 million soʻmga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa bir holatda esa Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.G. fuqaro A.T.ga 5 quti “Fit 90” nomli tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositasini 500 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan turli nomdagi 13 quti tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring