Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

01:04 21 Aprel 2023 Iqtisodiyot
1199 0

2023-yilning 24-26-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor mintaqa sanoati rivojlanishi uchun muhim boʻlgan tadbir - “INNOPROM. Markaziy Osiyo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

24-aprel kuni barcha mehmonlar uchun kirish bepul. Koʻrgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.

Ochiq ekspozitsiya uchun alohida maydon ajratilgan boʻlib, unda MDH davlatlarining yirik ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi va transport texnikasi namunalari namoyish etiladi.

Tadbir dasturiga muvofiq 24-aprel kuni maxsus loyiha – INNOPROM universiteti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondagi talabalar va yosh mutaxassislar auditoriyasi uchun yetakchi universitetlar va sanoat kompaniyalari tomonidan tayyorlangan maʼruzalar va seminarlar oʻtkaziladi.

Xalqaro koʻrgazma doirasida uchrashuvlar va texnologik turlar ham rejalashtirilgan.

Ishtirokchilarning batafsil roʻyxati bilan INNOPROM.Markaziy Osiyo. veb-saytida tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер