Toshkentda ilk marotaba triatlon boʻyicha Osiyo kubogi oʻtkaziladi
Shu yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkentda ilk marotaba sportchilar va havaskorlar oʻrtasida “Asian Sprint Triathlon Cup”, yaʼni triatlon boʻyicha spring masofasida Osiyo kubogi oʻtkaziladi. Bu haqda poytaxtimizda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov maʼlum qildi.
“Aslida ushbu musobaqa 2020-yilda oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq pandemiya sababli musobaqa kechiktirildi. Bu yilgi musobaqa Xalqaro triatlon federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan. Shuningdek, musobaqaga bir qator xorijiy davlatlardan delegatlar va xalqaro hakamlar jalb etilgan” — Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun.
Taʼkidlanganidek, triatlon boʻyicha sprint masofasida Osiyo kubogi bahslarida ishtirokchilar 5 km. masofaga yugurish, velosipedda 20 km. masofaga poyga hamda ochiq havzada 750 metrga suzish boʻyicha oʻzaro musobaqalashadi.
Triatlon boʻyicha Osiyo kubogida Rossiya, Ukraina, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Lyuksemburg, AQSH, Yaponiya, Marokash, Qozogʻiston va yurtimiz sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring