Bugun tongda Toshkentda ikkita «Spark» toʻqnashdi. Ulardan biri agʻdarilib ketgan

Ijtimoiy tarmoqda «Orzu chorrahasida Spark agʻdarildi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot IIV YHXBB maʼlumot berdi.
“Joriy yilning 18-yanvar kuni soat 06:45larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY va Beruniy koʻchalari kesishgan «Orzu” chorrahasida, haydovchi, 1974-yilda tugʻilgan I.E. boshqaruvidagi «Spark» va haydovchi, 1968-yilda tugʻilgan O.M. boshqaruvidagi yana bir «Spark» rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Toʻqnashuv oqibatida haydovchi O.M. boshqaruvidagi «Spark» avtomobili agʻdarilgan.
Hodisa natijasida haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, toʻqnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda» deyiladi Bosh boshqarma axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring