Toshkentda ikkita “Lasetti” toʻqnashib ketdi. Ulardan birining haydovchisi YPX xodimi

Ijtimoiy tarmoqda “YHXB avtomobili YTHga uchradi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan IIV YHXBB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14-fevral kuni soat 01:00larda navbatchilik qismiga tushgan xabarga koʻra, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zargarlik-Qatortol-2 koʻchalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi S.A. boshqaruvidagi YHXBga tegishli boʻlgan «Lasetti» rusumli hamda haydovchi, 1986-yilda tugʻilgan O.E. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, toʻqnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring