Toshkentda ikki kunda yongʻin natijasida ikki kishi halok boʻldi

15:00 14 Yanvar 2019 Jamiyat
987 0

Illyustrativ foto

2019 yil 12 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan V.K. (ayol)ning uyida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yongʻin oqibatida uydagi 1,5 kv.m. maydonida kreslo yonib, zarar koʻrgan va yongʻin oʻchirish vaqtida V.K.ni kuygan holdagi jasadi topilgan. Yongʻin kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Shuningdek, bugun Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ismli ayol)ning uyida yongʻin sodir boʻlgan. Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan.Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar koʻrgan. Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda boʻlgan qoʻshnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Aniqlanishicha yongʻin Ye.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?