Toshkentda ikki avtobus ishtirokida YTH: bir kishi halok boʻldi

11:02 31 May 2021 Jamiyat
363 0

Toshkent halqa yoʻli va Bunyodkor shohkoʻchalari kesishmasidagi aylanma koʻprik ustida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Zoʻr TV telekanalining “Bu kun” dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, avtobuslardan biri piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan fuqarolarga yoʻl berayotganida, uning ortidan kelayotgan boshqa bir avtobus uning ortiga kelib urilgan.

Oqibatda piyodalardan biri ogʻir ahvolda shifoxonga yuborilgan. Biroq fuqaro shifoxonaga yetib borishi bilan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер