Toshkentda IIB ikki hafta ichida yarim milliondan ortiq qalbaki pirotexnika vositalarini musodara qildi

11:43 26 Noyabr 2021 Jamiyat
416 0

Yangi yil bayramlari arafasida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi muammosi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan har yili mazkur yoʻnalishdagi huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar tashabbuskori boʻlib kelinmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Xususan, 9-noyabr kuni Bektemir tumanidagi “Qoʻyliq” bozorida oʻtkazilgan profilaktika tadbiri davomida fuqarodan 59 dona oʻram, ichida 3540 dona pirotexnika mahsuloti aniqlanib, olib qoʻyildi.

Joriy yilning 8-22-noyabr kunlari davomida 482 ta tadbir oʻtkazilib, ular davomida umumiy qiymati 274 million 904 ming soʻmlik 559 776 dona pirotexnika buyumlari olib qoʻyildi. Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi holati boʻyicha qoʻyilgan jarimalarning umumiy summasi 8 million 775 ming soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, 9-noyabr kuni Shayxontohur tumanida profilaktika inspektori xizmat vaqtida bir ayolni ushladi. Tekshiruv davomida fuqarodan 6 dona qutida 360 dona pirotexnika buyumlari topilib, olib qoʻyildi. Ayolga nisbatan huquqbuzarlik holati yuzasidan bayonnoma tuzildi.

Shuni taʼkidlash kerakki, pirotexnika vositalaridan foydalanish kelajakda sogʻligʻimizga tuzatib boʻlmaydigan zarar etkazishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?