Toshkentda ichki ishlar xodimlarining “kitobxon oila”si tasvirlangan haykal ochildi

17:51 12 Iyul 2022 Jamiyat
1154 0

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati

Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan “Kosmonavtlar saylgohi”da Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar xodimlarining “kitobxon oila”si tasvirlangan haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Ichki ishlar vazirligining masʼullari, tuman hokimligi masʼullari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi, ichki ishlar xodimlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, masʼul rahbarlar ishtirok etdilar.

Darhaqiqat, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, maʼnaviy-maʼrifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin koʻrsatib borishga qodir mashʼala hisoblanadi.

Kosmonavtlar sayilgohida yoshlarimiz va fuqarolar uchun sayr qilishlari, bogʻ boʻylab oʻrnatilgan oʻrindiqlarga oʻtirib kitob mutolaa qilishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?