Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtkazib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

11:25 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
220 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkilotining «Sergeli Oʻquv STK» UK boshligʻi oʻrinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?