Toshkentda haydovchilik guvohnomasi berish uchun ochilgan imtihon markazi narxlarni dollar kursi sababli oshirdi

22:19 22 Mart 2022 Jamiyat
1791 0

Foto: Illustrativ foto

Markaz ochilganida nazariy va amaliy test sinovlaridan oʻtish narxi 100 ming soʻm etib belgilangan. Biroq, Toshkent imtihon markazi koʻp vaqt oʻtmay narxlarni 50 foizga oshirdi.

“Bizning asosiy hamkorlarimiz mamlakatlaridagi beqaror iqtisodiy vaziyat, mamlakatimizda inflyatsiyaning tezlashishiga sezilarli taʼsir koʻrsatayotgan valyuta kursining keskin oʻzgarishi munosabati bilan yuqori sifat va xizmat koʻrsatish darajasini saqlab qolish uchun 1-apreldan boshlab Toshkent imtihon markazi nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun birinchi urinish narxini 150 000 soʻmgacha oshirishga majbur”, — deyiladi markaz xabarida.

Izohda valyuta kursi oʻzgarishi Toshkent imtihon markazi faoliyatiga qanday taʼsir koʻrsatishiga aniqlik kiritilmagan.

Markazning oʻzida imtihonlardan oʻta olmagan nomzodlar soni koʻpligi sababli unga tayyorlanish uchun ekspress kurslar ham tashkil qilingan. Kurslarning narxlari 1 million soʻmdan 5 million soʻmgacha etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?