Toshkentda giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixonalar yopildi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi dorixonalarda kuchli dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, tuman dorixonalaridan birida 24 yoshli fuqaroning kuchli dori-darmonlarni noqonuniy sotish holatlari aniqlangan. Tekshiruv davomida ashyoviy dalil sifatida 957 ta “Zardeks” tabletkalari va 28 ta “Regapen” tabletkalari olingan.
Shuningdek, yana boshqa dorixonada 30 yoshli erkak giyohvand moddalarni noqonuniy sotish bilan shugʻullangan. Tekshiruv natijasida dorixonadan 78 ta “Zardeks” tabletkalari, 6 ta “Selofen” tabletkalari, 4 ta “Regapen” tabletkalari hamda bitta shisha “Tropikamid” topilgan va musodara qilingan.
Bundan tashqari, shunga oʻxshash faktlar Chilonzor tumanining 8 va 18 -kvartallarida joylashgan yana uchta dorixonada aniqlangan.
Aniqlangan faktlar asosida Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Tarkibida kuchli moddalar boʻlgan retsept boʻyicha dori vositalarini chakana sotish tartibini buzish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring