Toshkentda FVB xodimi 1,5 ming dollar pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahri Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi kichik inspektori 1,5 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Yangihayot tumani FVB kichik inspektori oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, mahalliy MCHJ rahbaridan 1,5 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs hamkasblari orqali, MChJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligi jihozlarini qabul qilish boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.
Holat yuzasidan FVB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring