Toshkentda fuqaroning uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga qalbaki AQSH dollari bergan shaxs ushlandi

14:23 20 Avgust 2022 Jamiyat
365 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Yu.Yu. (muqaddam oʻgʻirlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valyutalarni oʻtkazish maqsadida fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona “Iphone 13 pro max” rusumli uyali aloqa vositasini 2 550 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga jami 51 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?