Toshkentda fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilganlar ushlandi

20:07 02 Iyun 2021 Jamiyat
909 0

Toshkent shahrida 21-may kuni fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilganlar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, soat 12:00 atrofida Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan tadbir oʻtkazilgan. Unda 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.Oʻ. bilan birgalikda unga oldindan tanish boʻlgan 22 yoshli J.Sh.ning behayo suratlarini Telegramda “Limon” nomli sahifa ochib, J.Sh.ga behayo suratlarini yuborib, uni oila aʼzolariga tarqatish bilan qoʻrqitib, 60 000 dollar berishini talab qilgan. Soʻng 2250 dollarga kelishib, A.Oʻ. Yunusobod tumani “Megaplanet” savdo markazi oldida J.Sh.dan 2000 dollar va 3 000 000 soʻm pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida A.J.ning telefon apparati xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Shuningdek, ushbu fuqaro muqaddam 26 yoshli R.Z.dan ham suratlarini tarqatmaslik evaziga 10 000 000 soʻm pullarni talab qilib, 6 000 000 soʻmni pochta orqali olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani boʻyicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?