Toshkentda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini toʻplab kelgan jinoiy guruh fosh etildi
Videodan kadr
Toshkent shahrida fuqarolarning bank kartalaridagi pul mablagʻlari va ularning shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritish bilan shugʻullanuvchi call-markaz faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, bir guruh shaxslar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda call-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Guruh aʼzolari fuqarolarga qoʻngʻiroq qilish orqali firibgarlik yoʻli bilan ularni aldab, mol-mulklarini talon-toroj qilib kelgan. Ushbu call-markazda ikki nafar tashkilotchi hamda 20 ga yaqin operator faoliyat yuritgan.
Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ulardan 15 mingdan ortiq fuqaroning abonent raqamlari, shaxsga doir maʼlumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositasi va 10 dan ortiq plastik kartalar rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278−4-moddasi (Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring