Toshkentda fuqarolarni Polsha va Koreyaga ishga joʻnatish uchun pul olganlar ushlandi

21:34 06 Avgust 2021 Jamiyat
387 0

Toshkent shahrida fuqarolarni Polsha va Koreyaga ishga joʻnatishini aytib, pul olgan ikki nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazgan. Unda avval ham firibgarlik uchun sudlangan fuqaro Q.Ya. fuqaro B.T.ni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborish va viza olib berish evaziga 5 ming dollar olgani aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro A.K. ham 4 nafar fuqaroni aldab, ularni tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga joʻnatish evaziga 5800 dollar va 163 million soʻm pul olgani maʼlum boʻlgan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?