Toshkentda fuqaro joniga qasd qilish uchun xonadonni portlatgani aniqlandi

18:15 01 Mart 2025 Jamiyat
291 0

Videodan kadr

Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida gaz chaqnashi sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt hokimligi mazkur hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 1-mart kuni soat 15:23 da shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 mavzesida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borganida, 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda gaz chaqnashi ortidan yongʻin kelib chiqqani aniqlangan, alanga soat 16:07 oʻchirilgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa yuz bergan manzildan 6 nafar fuqaro qutqarilib tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan. Yongʻin oqibatida halok boʻlganlar toʻgʻrisida hozirda maʼlumot kelib tushmagan.

“Hozirgi vaqtda hodisa sodir boʻlgan manzildagi yuqori qavatli uyda, hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi FVB xabarida.

Holat yuzasidan berilgan birlamchi maʼlumotlarga qaraganda, yongʻin sodir boʻlgan xonadonda fuqaro, oshxonada gaz plitasini yoqish orqali oʻz joniga qasd qilishga uringani, natijada gaz havo aralashmasi chaqnashi tufayli yongʻin kelib chiqqani va ushbu fuqaro 9-qavatdan oʻzini pastga tashlab halok boʻlgani aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?