Toshkentda Yengil atletika boʻyicha U-18 V Osiyo chempionati boshlandi
Joriy yilning 27-aprel kuni poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasidagi V Osiyo chempionati boshlandi.
Chempionat doirasida, toʻrt kun ichida 40 ta yoʻnalish boʻyicha dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar dasturiga quyidagilar kiritilgan: qisqa va uzun masofalarga yugurish, estafeta, sakrashlar, disk, nayza va bolgʻa uloqtirish, yadro irgʻitish, sportcha yurish, qizlar orasida yettikurash va yigitlar orasida oʻnkurash.
“U-18 Osiyo chempionati – bu yengil atletikada isteʼdodli qizlar va yigitlar uchun jiddiy professional pogʻonadir, - deb taʼkidlaydi Markaziy Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi va Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi oʻrinbosari Andrey Abduvaliyev. - Federatsiya tomonidan hamda Oʻzbekiston Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi koʻmagida yoshlar oʻrtasidagi V Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrildi, jumladan, musobaqalar oʻtkaziladigan sport majmuasini rekonstruksiya qilish, barcha ishtirokchilar uchun transport logistikasini ishlab chiqish va sport jamoalarini mehmonxonada joylashtirish boʻyicha barcha qulayliklarni yaratish ishlari olib borildi. Musobaqa Yengil atletika federatsiyasi stadionida boʻlib oʻtmoqda. U yerdagi yugurish yoʻlaklari World Athletics assotsiatsiyasi talablariga muvofiq yangilangan. Bundan tashqari, murabbiylar va hakamlar jamoalarini taayyorlash uchun katta hajmda ishlar amalga oshirildi”.
U-18 V Osiyo chempionati kunlari yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash istagida boʻlgan barcha sport ishqibozlari uchun Yengil atletika federatsiyasi sport majmuasidagi tribunalarga kirish bepul.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring