Toshkentda Doʻrmon yoʻli koʻchasining bir qismi vaqtincha yopiladi

07:10 19 Iyun 2020 Jamiyat
745 0

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hududidagi Doʻrmon yoʻli koʻchasidagi ikkita koʻcha bilan kesishma oraligʻidagi yoʻl vaqtincha yopiladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi axborotiga tayanib, Toshkent shahar hokimligi xabar qilgan.

“2020—2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari dasturi doirasida 19-iyundan 5-iyulga qadar Mirzo Ulugʻbek tumani Doʻrmon yoʻlidan oʻtgan magistral issiqlik quvurini kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan Doʻrmon yoʻli koʻchasining Ziyolilar va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasi oraligʻidagi yoʻlning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi».

Hokimlik matbuot xizmati haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanishni soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?