Toshkentda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:34 29 Iyul 2022 Jamiyat
273 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.N. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro B.ga tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 1 900 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli dori vositasini 133 mln soʻmga sotishga kelishib, 12 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, fuqaro O.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, D.N.ga tegishli yana 10 dona “ENDOKARD 50 ml” nomli hamda 58 dona “SERGO 100 ml” nomli dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, «Toʻqqizbuloq» koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.N. yashash xonadonida tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 420,9 mln soʻmlik 9 turdagi dori vositalarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?