Toshkentda dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

2019 yilning 8 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi.
Vazir jurnalistlarga 2019-yil 19-20-fevral kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyoda oʻzaro uygʻunlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini soʻzlashi kutilmoqda.
Konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda.
Konferensiya Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumga Afgʻoniston, AQSH,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston,Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Oʻzbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan boʻlib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring