Toshkentda diniy ekstremistik oqim taʼsirida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan qiz 5 yilga qamaldi

Foto: Illustrativ foto
Bugun diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar oʻzlarining radikal gʻoyalarini targʻib qilish hamda tarafdorlari sonini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanayotganliklari hech kimga sir emas.
Jumladan, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 2004-y.t. qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali ana shunday yovuz kuchlar taʼsiriga tushib qolganlardan biri sanaladi.
Dastlab u 2021-yilning iyun oyida “Telegram” messenjerida shaxsiy akkaunt ochib, terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning maʼruzalarini tinglaydi.
Natijada qizning ongi zaharlanib, ekstremistik tashkilotlarning noqonuniyligini anglagan holda, ularning aʼzolari bilan virtual muloqotga kirishadi. Alal-oqibatda Suriyaga borib, u yerdagi “Islom Davlati” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishni maqsad qiladi.
Buning uchun u ota-onasidan yashirgan holda, oʻziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtiradi hamda tilla ziragini sotib, safar uchun jomadon xarid qiladi va unga kiyim-kechaklarini joylab, tanishining uyiga yashirib qoʻyadi.
Lekin, huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qizning rejasi amalga oshmasdan, joriy yilning mart oyida u qoʻlga olinadi va jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ekspertiza xulosasiga koʻra, uning uyali telefoni xotirasidagi materiallar orasida «Tavhid va jihod katibasi», “Islom jihodi ittihodi” terroristik tashkilotlariga tegishli hamda aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼlumotlar mavjud boʻlib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish yoxud namoyish etish taqiqlanadi.
Sud hukmiga koʻra, mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring