Toshkentda chorrahalar va koʻchalarni taʼmirlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanadi

09:43 16 May 2024 Jamiyat
190 0

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va koʻchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentyabrigacha – maktablar va oliy oʻquv yurtlarida taʼtil kunlarida amalga oshiriladi.

“Ishlar asosan tungi vaqtda bajariladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning ogʻirligini his qilmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ish birinchi marta keng koʻlamda, yangi qoplama (SHMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yerosti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.

“Hurmatli fuqarolar, ish jarayonida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham noqulayliklar tugʻilishi muqarrar. Biz oldindan uzr soʻraymiz va vaziyatni tushunishingizni soʻraymiz, chunki bu qisqa muddatli qiyinchiliklar uzoq muddatli qulaylik uchun xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер