Toshkentda chet el valyutalarini noqonuniy muomala kiritilishing oldi olindi

10:04 25 Sentyabr 2022 Jamiyat
922 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Yashnobod tumanida “Aviasozlar” bozori atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Sh.A. fuqaro D.ga 6 400 AQSH dollarini 70,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Samarqand shahar boʻlimi tomonidan Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Mironshox koʻchasida xorijiy valyuta mablagʻlarini ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.Yu. fuqaro Gʻ.ga 3 300 AQSH dollarini 36,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 3 940 AQSH dollari, 37,5 mln soʻm va 3 000 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Q.Sh. va Q.N. fuqaro G.ga jami 200 ming Rossiya rublini 36,4 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, surishtiruv shaklidagi tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?