Toshkentda BYD haydovchisi qasddan YPX inspektorini urib yubordi

14:06 13 May 2024 Jamiyat
211 0

Shu yilning 12-may kuni Chilonzor tumanida xizmatga jalb qilingan YPX inspektori BYD avtomobili haydovchisiga harakat davomida shubha uygʻotganligi sababli hushtak va jezl yordamida toʻxtash ishorasini bergan.

Biroq haydovchi — 2002-yilda tugʻilgan O.A. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) YPX inspektorining qonuniy talablariga boʻysunmasdan harakatni davom ettirgan. Shundan soʻng YPX inspektorining ustiga mashinani haydab, uni urib yuborgan.

Natijada, YPX inspektori X.Sh “Ikkala son suyagi sinishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 266-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?