Toshkentda bojxonachilar vagon gʻildiragi ichida yashirilgan marixuanani topdi

01:21 09 Dekabr 2021 Jamiyat
430 0

Toshkentda shahar bojxona boshqarmasi vagon gʻildiragiga yashirilgan marixuanani aniqladi.

Chuqursoy chegara bojxona posti xodimlari qoʻshni davlat hududidan kelgan yuk poyezdi tarkibini koʻzdan kechirdi.

Koʻzdan kechirish chogʻida poyezd vagonlaridan birining gʻildiragining ichki qismida sumkaga oʻralgan nomaʼlum oq rangli modda borligi aniqlangan.

Tekshiruvlardan soʻng ushbu modda ogʻirligi 20,56 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?